So'ngi Yangiliklar

Universiada-2024: belbog‘li kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Universiada-2024: belbog‘li kurash bo‘yicha Jizzaxda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Toshkent viloyati jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, Universiada sport o‘yinlari dasturidan joy olgan belbog‘li kurash musobaqalari Jizzax viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 12 ta viloyatdan 100 ga yaqin kurashchilar 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg. vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashishdi. Bir so‘z bilan aytganda respublika final bosqichida eng kuchli va iqtidorli sportchilar saralandi.

Giyohvandlik – umr zavoli

Inson hayoti, yosh avlod kelajagiga rahna solishi mumkin bo’lgan giyohvandlik-bangilikka qarshi kurashish mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi, qolaversa, har birimizning muhim vazifamzdir

25-fevral kuni Jizzax viloyati Kasbiy ta’lim tashkilotlarida «Psixotrop moddalar va ularning tarqalishini oldini olish» kuniga bagʻishlab giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, ularni iste’mol qilishga qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniiy aylanishiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy strategiyadagi vazifalar va IIVning 2025-yil 17-yanvar kungi 24-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida guruhlarda targʻibot ishlari tashkil etildi.

«Milliy libos – millat ko`zgusi» shiori ostida milliy liboslar kuni

«O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish» maqsadida joriy yilning 21 fevral kuni «Milliy libos – millat ko`zgusi» shiori ostida milliy liboslar kuni boʼlib oʼtdi. 

Ma’lumki, o‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqimizning boy madaniy an’analari va turmush tarzining bir qismidir. Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.

❇️ Milliy liboslar – bu nafaqat mato va naqshlar, balki ajdodlarimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analari mujassam bo‘lgan madaniy merosdir.

🌐 Ular orqali biz talabalarga ajdodlarimizning didi, hayot tarzi va estetik qarashlarini oʼrgatamiz.