Oliy ta’lim muassasalari va kasbiy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha semenar tashkil etildi.


Jizzax politexnika instutetida Oliy ta’lim muassasalari va kasbiy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash va ularning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida yig’ilish o’tkazildi.
Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikum va politexnikumlar) direktorlari va ishchi-xodimlari o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq kasb etika qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada bo‘lishi, hech kimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, fuqarolarni qabul qilishda uning xolisligi va beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadigan, biror-bir afzallik va noxolis munosabat mavjud degan tasavvurni hosil qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek ta’lim tizimini obro‘sizlantirish va nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakat yoki harakatsizlik evaziga pul, moddiy boylik va mulkiy ahamiyatga ega xizmatlar yoki boshqa ko‘rinishda haq olmasligi, shaxsiy masalalar yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga nisbatan xizmat mavqeidan foydalanmasligi, bo‘ysinuvidagi xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga majbur etmasligi kerakligini har kuni yodda tutmog‘i lozimligi ta’kidlab o‘tildi.