Jizzax viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi qoshida Jizzax arxitektura va qurilish kollejida o’tkazilgan avgust seminari

Kun tartibidagi masala yuzasidan kasbiy ta’limni rivojlantirish boshqarmasi ma’sul hodimi S.Alimqulov yig’ilishni ochib berdi, yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan tabrikladi. Professional ta’lim muassasalarida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish, yangi o’quv yilini munosib kutib olish  hamda ta’lim muassasasiga bog’liq bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish to’risida, bundan tashqari aniqlangan muammolar yuzasidan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi o’zining amaliy yordamini ko’rsatishini ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng, yig’lish raisi rejaga muvofiq yig’ilishning birinchi maruzachisi Jizzax arxitektura va qurilish kolleji direktorining kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha o’rinbosari G’.Yuldashevga so’z navbatini berdi.

Yig’ilishning ma’ruzachisi G’.Yuldashev yig’ilish ishtirokchilariga ma’ruza mavzusi, «Har xil yo’nalishlarda vertikal yuzalarga valiklarni eritib qoplash», maqsadini O’quvchilarni vertikal yuzalarga turli valiklarni eritib qoplashni o’rgatish hamda darsning moduli, modulni o’rganish davomida shakllanadigan nazariy bilim,

Mavzu doirasidagi asosiy ma’lumotlar bilan bilan tanishtirgandan so’ng mavzuni yoritdi.

Vertikal valiklarni pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarata yo’nalishlarda bajariladi. Valikni puxta eritib qoplanishi uchun (provar) elektrodni uchburchak shaklida tebranma xarakat qildirib, valikni o’rtasida ushlanib  hosil qilinadi. Valikni puxta eritib qoplanishi (provar) elektrodni vertikal o’qga nisbatan perpendikulyar bo’lganda erishiladi. Erigan metallni oqib ketishini elektrod tutgich tomonidan pastga qiyalash bilan

a) da punktir chiziqlar bilan ko’rsatilgandek ushlansa, oldi olinadi

b) yuqoridan pastga qarata.

Vertikal choklarni katta diametrli elektrodlar bilan va katta toklarda payvandlash qiyin chunki erigan metall pastga oqadi va chok qoniqarsiz shakllanadi. Shuning uchun elektrod diametri 4 mm gacha ishlatiladi, kamdan kam-5 mm. Payvandlash tokini kuchi esa pastki holatda payvandlashdan ko’ra kamaytiriladi.

Vertikal valiklarni yuqoridan pastga qarata eritib qoplash yupqa shlak qatlami beruvchi elektrodlar bilan bajarish mumkin. bu holatda vannada erigan metall tezroq qotadi va uning oqishi amaliy ro’y bermaydi. Vertikal valiklarni yuqoridan pastga qarata eritib qoplashda organik turdagi sellyuloz, plastmass qoplamli (OZS-9, ANO-9, VSS-2, VSS-3 va boshqalar) elektrodlar ishlatiladi. Yuqoridan pastga qarata payvandlash unumdorligi pastdan yuqoriga payvandlash unumdorligidan yuqori. Shuningdek vertikal choklarni elektrod qoplami bilan payvandlanayotgan qirraga tayanib bajarish qulay.

KERAKLI O’QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR:

a) payvandlash transformatori;

b) maxalliy ventilyatsiya;

v) maxalliy yoritgich;

g) payvandchi stoli;

d) dielektr gilamchasi;

ye) payvandlash kabellari va simlari;

j) muxofazalovchi shchitok va niqob;

z) elektrod tutgichi;

i) payvandchi jamokori;

k) asboblar (metall cho’tka, bolg’a, zubila, chokni o’lchaydigan andaza, shlak ajratuvchi bolg’a, burchak o’lchagich, elektrodlar penali, asboblarni saqlash sandiqchasi);

l) eritib qoplangan namunalar;

m) plakatlar (mulьtimedia vositalari);

n) E-42 yoki E-46 tipidagi 3-4 mm li har bir o’quvchiga 8 donadan elektrod;

o) eritib qoplash uchun har bir o’quvchiga 250x150x8 mm o’lchamli bo’lgan ozuglerodli po’lat taxtalar- 4 donadan. Shundan so’ng, yig’ilish ishtirokchilaridan mutaxassislik bo’yicha savollar va takliflar eshitildi.

Shu o’rinda G’allaorol 2-son kasb-hunar maktabi o’qituvchisi mutaxassislik bo’yicha xomashyo masalasida kuzatilayotgan kamchiliklar to’g’risida gapirib, navbatdagi o’quv yilida mazkur muammo ijobiy hal etilishi uchun qanday chora tadbirlar qilinganligi to’g’risida savol berdi?

Mazkur savolga yig’ilish raisi S.Alimqulov viloyatdagi mavjud kasb hunar maktablarida talab etiladigan homashyo to’g’risida talabnomalar asosoda ma’lumotlar umumlashtirilganligi hamda tegishli tashkilotlarga jo’natilganligini ta’kidladi. Yig’ilish raisi kun tartibi rejasiga muvofiq ikkinchi maruzachiga Musayeva O’g’iloyga so’z navbatini berdi.

Yig’ilishning ma’ruzachisi, ma’ruza mavzusi, «QO`LDA BAJARILADIGAN ISHLARDA ISH O`RNINI TASHKIL ETISH. QO`LDA BAJARILADIGAN ISHLAR UCHUN ASBOB VA MOSLAMALAR », rejasini, modulni o’rganish davomida shakllanadigan nazariy bilim, mavzu doirasidagi asosiy ma’lumotlar bilan bilan tanishtirgandan so’ng mavzuni yoritdi.

Qo`lda bajariladigan ishlarga mashinada bajariladigan operatsiyalardan ko`ra ko`proq vaqt ketadi. Qo`l ishlari ikki guruhga bo`linadi: tik turib bajariladigan ishlar va o`tirib bajariladigan ishlar. Tik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki bo`lak stol ustiga qo`yiladi, o`tirib bajariladigan ishlar esa kiyim yoki bo`lakni ham stol ustiga, ham ishchining tizzasiga qo`yib qilinishi mumkin.

         Oyoq toliqmasligi uchun o`tirib bajariladigan ish o`rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o`rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo`yiladi. (1-rasm). Stol o`ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo`lib, bu yerda qaychi, bo`r, igna, ip va hokazolar saqlanadi. Stol o`ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga instruktsiya kartasi joylashadi. Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo`yiladi. Tik turib yoki o`tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto`g’ri bo`lsa, odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi to`g’ri o`tirishi uchun: oyoqlar polga yoki yashikchaga to`la tiralib turishi kerak. Oyoqlarni chalishtirib o`tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to`g’ri tutib yoki salgina oldinga egib o`tirish kerak. Ko`krakni stolga tirab o`tirish yaramaydi; qo`l tirsakdan bukilib gavdadan taxminan 10 sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga tirab o`tirish yaramaydi. Tikayotgan kiyim yoki bo`lakni ko`zdan 25-30 sm masofada tutish lozim. Ish o`rni yaxshi yoritilgan bo`lishi, yorug’lik chap tomondan tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to`g’ri va qattiq tutib turishi, bo`yin va ko`krak qismida umurtqa to`g’ri, turishi kerak. Shundan so’ng, yig’ilish ishtirokchilari mutaxassislik hamda yangi o’quv yili oldidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.