So'ngi Yangiliklar

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli tashkil etilmoqda

⚡️ Sharof Rashidov transport texnikumida – Yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli tashkil etilmoqda

Kuni kecha o‘quvchilarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish, maktab bitiruvchilarining iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida Sharof Rashidov transport texnikumi tomonidan Jizzax viloyatida joylashgan maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

🏛 Tashrif jarayonida, 1300 dan ziyod maktablarni tamomlayotgan oʻgʻil-qizlar texnikun faoliyati bilan oʻqituvchilar tomonidan yaqindan tanishtirildi.

🔰 Shuningdek, ular yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqdasida texnikumda tashkil etilgan fan va sport toʻgaraklari faoliyatlari bilan ham tanishishdi.

🔰 Yoshlar texnikumdagi oʻquv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga oʻqituvchilar tomonidan javob olishdi.

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi.

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2025-yil 21–25-aprel kunlari attestatsiyadan oʻtkazilаdi.

Pedagog kadrlarini test sinovlaridan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari test shaklida tashkil etiladi hamda test sinovlari markazlashgan holda kompyuterlarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi;

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

2025-yil 15-aprelga qadar pedagog kadrlarga test sinovlarida ishtirok etishlari uchun ruxsatnomani pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Test sinovi jarayonlarini test sinovlari oʻtkaziladigan muassasalarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn translyatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Test sinovlarini onlayn test sinovlari platformasi (test.bimm.uz) orqali oʻtkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalari va kasbiy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha semenar tashkil etildi.

Jizzax politexnika instutetida Oliy ta’lim muassasalari va kasbiy ta’lim tashkilotlarida  korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash va ularning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida yig’ilish o’tkazildi.

Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikum va politexnikumlar) direktorlari va ishchi-xodimlari o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq kasb etika qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada bo‘lishi, hech kimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, fuqarolarni qabul qilishda uning xolisligi va beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadigan, biror-bir afzallik va noxolis munosabat mavjud degan tasavvurni hosil qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek ta’lim tizimini obro‘sizlantirish va nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakat yoki harakatsizlik evaziga pul, moddiy boylik va mulkiy ahamiyatga ega xizmatlar yoki boshqa ko‘rinishda haq olmasligi, shaxsiy masalalar yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga nisbatan xizmat mavqeidan foydalanmasligi, bo‘ysinuvidagi xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga majbur etmasligi kerakligini har kuni yodda tutmog‘i lozimligi ta’kidlab o‘tildi.