Jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasida “Ekstremizim, terrorizim va missionerlikning mudhish qiyofasini fosh etish” mavzusida rasmlar tanlovining viloyat bosqichii bo’lib o’tdi.

2022-yil 9-mart kuni Jizzax shahar kasb-hunar maktabida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi “2022-yildagi Respublika ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish diniy bag’rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar samaradorligini va ta’sirchanligini yanada oshirish to’g’risida”gi 4-son bayoni bilan tasdiqlangan “Ekstremizim va terrorizim missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish dasturi”ning 4-bandi ijrosi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 16-fevraldagi 2/18-4/1-284-sonli xatiga asosan professional ta’lim muassasalari o’quvchi-yoshlari o’rtasida “Ekstremizim, terrorizim va missionerlikning mudhish qiyofasini fosh etish” mavzusida rasmlar tanlovining viloyat bosqichii bo’lib o’tdi.

Ushbu tanlovda Faxrli 1-o’rinni Zarbdor kasb-hunar maktabi 1-kurs o’quvchisi Yo’ldoshev Samandar, Faxrli 2-o’rinni G’allaorol 1-son kasb-hunar maktabi 1-kurs o’quvchisi Abdulqosimova Sevara va Faxrli 3-o’rinni G’allaorol tibbiyot kolleji 2-kurs o’quvchisi Ortiqova Mohichehralar egallab Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.