Jizzax viloyati Sharof Rashidov politexnika texnikumida o’quvchi yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 3-turi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96 sonli “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorning 1-ilovasi 3-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 30-mart kuni Sharof Rashidov politexnika texnikumida o’quvchi yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 3-turi o‘tkazildi.
“Zakovat” intellektual o‘yiniga 80 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar qamrab olindi.