2019-2021-yillar davomida Sh.Rashidov tuman 2-son kasb-hunar maktabi (sobiq Uch tepa qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji), Sh.Rashidov Politexnika texnikumi (sobiq Ijtimoiy-iqtisodiyot va bank kasb-hunar kolleji) va sobiq maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji va viloyatdagi “ENERGETIK CITY” МЧЖ, “SHOH SAVDO” MCHJ, “HAPPY YOUNG PEOPLE” MCHJ, “LIDER BROKER GRAND” MCHJ ва “ORION TEKSTIL KAPITAL” MCHJ mansabdor rahbarlari o’rtasida joriy ta’mirlash ishlarini tashqil qilish uchun tovar-moddiy boyliklari, davriy nashrlar sotib olish va turli xizmatlar ko’rsatish yuzasidan buydjet mablag’laridan jami 1.818.212.025 so’m pul mablag’larini rasmiy xujjatlarga soxta va yolg’on ma’lumotlar kiritib, xujjatlarni soxtalashtirib, rastarat yo’li bilan talon-taroj qilishgan.
Ushbu ta’lim muassasalari rahbarlariga O’zbekiston Respublikasi JKning 167, 207 va 209-moddalarida ko’rsatilgan jinoyatlarini sodir etganligi uchun ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etib tegishli ehtiyot choralari ko’rilgan.