Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishdagi vazifalar mazmun-mohiyatini professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog-kadrlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qishki ta’til davrida viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat.