Viloyatdagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoni mazmun-moxiyatiga bag’ishlangan semenarlar tashkil etildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrda tasdiqlangan «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-158-son Farmonining mazmun mohiyati bo‘yicha Jizzax viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlarida o’qituchi va pedagog xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Pedagogik ish samaradorligini oshirish, pedagoglarning malakalarini oshirish va zamonaviy o‘quv usullarini tatbiq etish borasidagi ilmiy va amaliy ma’ruzalar o‘tkazildi.