“Professional taʼlimga tajribali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan semenarlar o’tkazilmoqda

🏫 2024-yil 27-dekabr kuni Sharof Rashidov tuman 2-son kasb-hunar maktabi (Sharof Rashidov tuman 2-son politexnikumi) o`qituvchi va xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.

📗 Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlimga tajribali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yanada batafsil tushuntirishga bag‘ishlandi.
📖 Unda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash, ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish kabi yo‘nalishlar aytib otildi. 🖌 Seminarda kasb-hunar maktabi tajribali xodimlari farmon mazmun-mohiyati yuzasidan oz fikr-mulohazalarini aytib o`tdi.