2021-2022 o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish, professional ta’lim muassasalari o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining kasbiy saloxiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o’quv- meyoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o’quv metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg’or zamonaviy texnalaogiyalarini keng joriy etish hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 13- avgustdagi 343-sonli buyrug’ining ijrosini taminlash maqsadida 2021-yil 23-avgutda Baxmal 2-son pedagogika kollejida tashkil etilgan avgust 2-sho`ba seminar yig’lishi

Kun tartibidagi 2 masala yuzasidan Professiona ta’limi muassasalarida o’qitish metodikalarini ilg’or tajribalar asosida takomillashtirish va pedagoglarning mahoratini oshirish bo’yicha Kollejning o’quv va tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari SH Toshbekov  so’zga chiqib,  bugungi kunda Professiona ta’lim muassasalarida kompetasiya va o’qitish natijalariga asoslangan professional  ta’limni rivojlantirish,  ta’lim xizmatlari sifatini oshirish ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos malakali o’rta bo’g’in   kadrlar tayyorlash siyosatini  davom ettirish   ta’lim sifatini ta’minlashning samarali usllaridan foydalanish,  professional ta’lim  muassasalari  o’qiyuvchilari va ishlab chiqarish ta’limi  ustalarining kasbiy salohiyatini  oshirish yangi ishlab chiqilgan o’quv  meyoriy hujjatlar bilan  tanishtirdi   shu bilan  birgalikda ta’lim sifati va  samaradorligini oshirishda  ilg’or  zamonaviy  texnologiyalarni keng  joriy  etish  kerakligi va bugungi Professional ta’limda zamon talablariga mos Worldskills va Dual ta’limni tashkil etish bo’yicha tushuncha berdi.

     Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan kollej maxsus fan o`qituvchilari Ishquvatov G` va Mamaraximova Malikalar professional ta’lim tizimidagi meyyoriy hujjatlarning yuritilishi boyicha slaydlar taqdimoti asosida tushuntirib berishdi.Shundan so`ng yig`ilish qatnashchilari o`rtasida meyyoriy hujjatlar yuritilishi bo`yicha munozaralar bo`lib o`tdi.