Seminar-trening Jizzax shaharidagi monomarkazda olib borildi. Trenning davomida Worldskills standartlari, kompetensiyalari, reglamentlari, texnik tavsiflar, chempinat o’tkazish tartiblari, Worldskills standartlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqish mexanizmlari o’rgatildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar onlayn-test topshirdi va ularga Worldskillsning milliy eksperti sertifikati tarqatildi.
Bundan tashqari, Worldskills Uzbekistan assotsiatsiyasi va Jizzax viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.