Tadbirning ochilish marosimida talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar ishtirok etdi. Unda universitet rektori talaba yoshlar o‘rtasida milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, festivallar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida yordam berishini ta’kidladi.