Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi 28-sonli yigʻilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida 2024-yilda boʻlib oʻtadigan ommaviy sport musobaqa bosqichlarini tashkil etish kalendar rejasi va nizomi tasdiqlandi. Ushbu nizom va kalendar reja asosida Jizzax viloyatidagi 5 ta oliy ta’lim muassasalarida 5 ta sport tur (Yengil atletika, stol tennis, stritbol, minni-futbol va volyebol)lari bo’yicha musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.