Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirining 2022-yil 22-dekabrdagi “Professional ta’lim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarini malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilishning 2023-yil reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 418-sonli buyrug’i, boshqarmaning 2022-yil 26-dekabrdagi 128–sonli buyrug‘i asosida Jizzax viloyatidan 423 nafar 2023 yil uchun Professional taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni malaka oshirish kurslarida qatnashishi belgilangan. Bugungi kunda 346 nafar boshqarma va ta’lim tizimi xodimlaridan malaka oshirish kurslarida qatnashdi va yil yakuniga qadar davom etmoqda.