Joriy yilning 12-yanvar kuni Qozon (Volgabo’yi) federal universiteti Jizzax filialida Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Faxriylar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda Jizzax viloyati «VETERAN» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi vakillari — baynalminal jangchilar Azim Axmedov, Olimjon Rasulov, Jizzax viloyat Rus madaniyat markazi rahbari o’rinbosari Tatyana Kizenko, shuningdek Jizzax viloyatida faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, Filial rahbariyati, professor o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari qatnashdilar.
Uchrashuvni tantanali ravishda Filial ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor O.J.Babomuradov va direktori M.F.Umarovlar ochib berishdi.
Shundan so’ng taklif etilgan faxriylar hamda QFU Jizzax filialida faoliyat olib borayotgan zaxiradagi harbiylar talaba-yoshlarga o’z xizmat tajribalari bilan ulashdilar.
Tadbir so’ngida Filial talabalari o’z ijodiy chiqishlari bilan yig’ilganlarga o’zgacha kayfiyat bag’ishlashdi.