Akademik litseylarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun yana bir qulaylik

Sizda bir vaqtning o‘zida vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali (shaxsiy kabinetingizdan) kasb-hunar maktablariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.

Bunda akademik litseylarning saralash imtihonlaridan o‘ta olmagan taqdirda kasb egallash istagida bo‘lgan o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga qabul tanlovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun o‘quvchilar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul kuniga qadar (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi