O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-avgustdagi “2024/2025 o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha professional ta’lim muassasalari avgust kengashlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 295-son buyrug’iga asosan joriy yil 26-39 avgust kunlari mamlakatimizning barcha professional taʼlim muasssalarida «Bir bo‘lsak- yagona xalqmiz, birlashshak- Vatanmiz!» shiori ostida Аvgust kengashlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 26-avgust kuni Sharof Rashidov tumani 2-son kasb-hunar maktabida Ijtimoiy-gumanitar fanlari o‘qituvchilarining sho’ba yig‘ilishi o`tkazildi. Sho’ba yig‘ilishlarida Jizzax viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ul xodimlari S.Namazov ishtirok etdi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sho’ba yig‘ilishida viloyat professional ta’lim muassasalaridan 38 nafar ijtimoiy-gumanitar fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi.