JDPUda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitetda tahsil oluvchi yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi.Talaba yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan sport musobaqalarini universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.