Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida har yili oliy taʼlim muassasalaridan Milliy reytingi o’tkazilmoqda

LIVE #Milliy_Reyting

Oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida har yili oliy taʼlim muassasalarining Milliy reytingi eʼlon qilib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ayni kunlarda respublikamiz viloyatlarida oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

Bunda professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari, talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari (test sinovlari) va oliy taʼlim muassasalarida ta’lim sifatini o‘rganish yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.