Xabaringiz bor, para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Taylandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Bunyodbek Hayitmuhammadov 100 ga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, yakunda g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida sportchi talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, universitet rahbariyati, talaba-yoshlar tomonidan tantanali kutib olindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, chempion talabamizni qo‘lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklashdi. Shundan so‘ng Jizzax viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bobur Qodirov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov yo‘llagan faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alarni Bunyod Hayitmuhammadovga tantanali tarzda topshirdi. Yaqin kunlarda Malayziyaga navbatdagi sport musobaqalariga ketishga shaylanayotgan sportchi talabamizga universitet rahbariyati toionidan 5 mln. so‘mlik vaucher ham topshirildi. Marosim so‘ngida kecha qaxramoni Bunyodbek Hayitmuhammadov so‘zga chiqib, yoshlarga xususan sportchilarga prezident tomonidan berilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini, universitet rahbariyati hamda ustozlarining qo‘llab-quvvatlashidan motivatsiya olishini aytib o‘tdi.