Jizzax viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida “Xon atlas” haftaligi shukuhi.

Joriy yilning 9-14 sentyabr kunlari texnikumlarda milliy an’analarimizni tarannum etuvchi “Xon atlas” haftaligi keng nishonlamoqda. 11-13- sentyabr kunlari milliy liboslar va xon atlas matolari namoyish etildi.

Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.